Bepul ilova
Uznetix Halol
Ushbu ilova yordamida kompaniyalar va ularning aksiyalarini halollikka tekshirishingiz mumkin.
Ilovadan qanday foydalanish kerak?
Juda oson
1
Ilovani Telegram botimiz orqali ishga tushirasiz
2
Tekshirmoqchi bo‘lgan kompaniya nomini kiritasiz
3
Ilova kompaniya halol yoki halol emasligini ko‘rsatadi
Ilova aksiyaning halolligini qanday aniqlaydi?
- Kompaniya biznesi taqiqlangan sohalar bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak
- Taqiqlangan daromadlar - 5%dan kam
- Foizli qarzlar - odatda 30-33%dan oshmasligi kerak
- Foizli aktivlar - 30-33%dan oshmasligi kerak
- Kompaniyaning islomiy skrinerlarda mavjudligi
Biz haqimizda
Uznetix kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiya sohasida ta’lim beradi. Biz "Muvaffaqiyatli investor" kitobini chiqarganmiz (uni Uzum Market orqali xarid qilish mumkin), moliyaviy savodxonlik bo‘yicha stol o‘yini yaratganmiz, ijtimoiy tarmoqlarda investitsiyalar haqida bloglar yuritamiz, shuningdek investorlar uchun 6 ta ilova va bot ishlab chiqqanmiz.